Smart Home
Sizning uydagi eng yaxshi yordamchingiz
SmartThings ilovasi
SmartThings1 televizor yonidagi barcha qurilmalarni aniqlash, ulash va taqdim etish imkoniyatini beradi. Aqlli uy va IoT uchun xalqaro tan olingan standart — Matter ni qo'llab-quvvatlovchi oldindan o'rnatilgan IoT xab bilan qo'shimcha adapter yoki xab dan foydalanmasdan keng ko'lamdagi ulanish imkoniyatlaridan zavq olishingiz mumkin.
"Aqlli uyni"
televizor yordamida boshqaring
3D Map View
Sizning qulayligingiz uchun yaratilgan 3D Map View funksiyasi SmartThings yordamida barcha qurilmalaringizni boshqarish va nazorat qilish imkoniyatini beradi. Siz uyingizni yuqoridan ko'ra olishingiz hamda barcha SmartThings qurilmalarini bir qarashda qamrab olishingiz mumkin.
AI Energy Mode rejimi va SmartThings
yordamida elektr energiyasini tejash
AI Energy Mode rejimi
Bugungi kunda energiya samaradorligi har doimgidan-da dolzarb.
AI Energy Mode rejimi 2 faol tarzda elektr energiyasini tejash hamda ushbu tejamkorlikni nazorat qilish imkoniyatini beradi. Tashqi yorqinlik darajasi hamda foydalanuvchi odatlari avtomatik tarzda aniqlanib va tahlil qilinib, umumiy energiya sarfini kamaytirish uchun foydalaniladi.
Qanday qilib SmartThings yordamida AI Energy Mode rejimidan foydalanish mumkin
Energiya iste'molini osonlik bilan nazorat qilish va boshqarish imkoniyatini beruvchi AI Energy Mode rejimini ishga tushiring
hamda elektr energiyasini SmartThings ilovasi yordamida tejang.
Smart televizorlar bilan tanishing
-
Izoh
-
Ekran o'lchami
Samsung Smart televizorlari haqida ko'proq bilib oling
*Tasvir namuna sifatida taqdim etilgan. Tashqi ko'rinishga va tuzilishxususiyatlariga tegishli, qurilmaning xususiyatlariga ta'sir o'tkazmaydigan har qanday o'zgarishlar oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
1. SmartThings ilovasi: Mavjud texnologiyalar, funksiyalar va imkoniyatlar mamlakat, xizmat ko'rsatuvchi, tarmoq holati va qurilmaga qarab farq qilishi hamda oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. Wi-Fi, Bluetooth yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Ulanadigan qurilmalar alohida sotib olinadi. "Sokinlik texnologiyasi" dan foydalanish uchun SmartThings Maxfiylik Siyosatiga hamda qurilmani avtomatik ro'yxatdan o'tkazishga rozilik bildirish talab etiladi. Oldindan o'rnatilgan xab funksiyasi Samsung Smart TV televizorlarida 2022 yildan boshlab mavjud, ammo ayrim xususiyatlar modelga qarab farq qilishi mumkinligi sababli, batafsil ma'lumot olish uchun sizning qurilmangiz ta'riflangan sahifaga murojaat eting.
2. AI Energy Mode rejimi: AI Energy Mode rejimi faqat 2023 yilning 32 dyuymli LS03C va yangi CU7000↑ modelli televizorlar uchun amal qiladi. Haqiqiy energiya iste'molining pasayishi modelga bog'liq va ichki sinov natijalariga asoslanadi. Faqat ayrim mintaqalarda qo'llab-quvvatlanadi. AI Energy Mode rejimidan foydalanish uchun Smart Things ilovasi talab etiladi. E'tibor qiling, AI Energy Mode rejimi Game, Intelligent, Art, Screen Mirroring, Ambient yoki Retail Mode rejimlarini qo'llab-quvvatlamaydi. Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Janubiy Koreya, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubi-G'arbiy Osiyo uchun: tashqi yorug'lik 120 lyuksdan yuqori bo'lgan sharoitlarda Ai energiya samaradorligi funksiyasining ayrim jihatlari ishlamasligi mumkin bo'lib, bu energiya tejashning pasayishiga olib keladi. Yevropa Ittifoqi, MDH, Afrika uchun: tashqi yorug'lik 80 lyuksdan yuqori bo'lgan sharoitda AI energiya samaradorligi funksiyasining ayrim imkoniyatlari ishlamasligi mumkin bo'lib, bu energiya tejashning pasayishiga olib keladi. Energiyani tejash darajasi mintaqaga, modelga, hajmga, ko'rish sharoitlariga yoki kontent turiga qarab farq qilishi mumkin.