Samsungning birinchi AI televizori

Фронтальный вид телевизора Neo QLED 8K Фронтальный вид телевизора Neo QLED 8K

Har daqiqada
aql bovar qilmaydigan tajriba

8K aniqlikdagi Samsung AI televizorlarining yangi davrini kutib oling.
Bu yerda har bir kadr jonlanadi va odatiy narsalar ajoyibotga aylanadi.

Nega Samsung 8K televizorlari?

18 yildan buyon 1-raqamli televizor savdo belgisi deb tan olinayotgan hamda 6-marotaba CES Innovation Award mukofotini qo'lga kiritayotgan Samsung kompaniyasi, o'z yetakchiligining asosi bo'lmish yangi avlod texnologiyalari va mukammallikning yorqin ifodasi — Neo QLED 8K televizorlarini taqdim etadi.

* Manba: Omdia, 2024-yil fevral. Tadqiqotlar va baholashlarga Samsung kompaniyasi homiylik qilmaydi. Ushbu ma'lumotlarga tayanganda, siz barcha risklarni o'z bo'yningizga olasiz.

Televizor imkoniyatlarining kvant siljishi

NQ8 AI 3-avlod protsessori

8K imkoniyatlari bilan har bir lahza yanada yorqinroq. 512 neyron tamoqli sun'iy intellekt asosidagi bizning eng zamonaviy NQ8 AI 3-avlod protsessorimiz har bir kadrda o'qitilib tasvir va tovushni uzluksiz optimallashtiradi va natijada siz 8K sifatda ajoyib sho'ng'ish effekti bilan televizor tomosha qilishingiz mumkin.

  • barobargacha
    2 tezroq NPU modullar
  • barobar
    25 qudratli AI neyron tarmoqlari
  • barobargacha
    2.2 tezroq GPU modullari
  • gacha
    30 % tezroq CPU
  • Xususiyatlar NQ4 AI 2-avlod protsessori asosidagi Neo QLED 4K 2024 televizori bilan taqqoslash asosida ko'rsatilgan.

Yordamchi chiroqlarga ega Samsung NQ8 AI 3-avlod protsessori qolgan texnologiyalarga mukammal qo'shilgan va ularga yanada quvvat berishga qodir.

  • *Tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq. Optimallashtirish shaxsiy kompyuterga ulanganda hamda o'yin rejimida amal qilmasligi mumkin.
  • *Xususiyatlarga modelga qarab farq qilishi mumkin. Har bir model uchun xususiyatlar va batafsil ma'lumot bilan sahifa quyi qismidagi jadvalda yoki tegishli mahsulotning sahifasida tanishib chiqishingiz mumkin.

Samsung AI televizorlaridagi innovatsiyalar

  • AI tasvir

    • 8K AI Upscaling Pro masshtablashtirish texnologiyasi1

      Sun'iy intellektning 512 neyron tarmoqlari asosidagi 8K AI Upscaling Pro masshtablashtirish texnologiyalarimiz kontentni 8K aniqllikacha yaxshilaydi. Bizning eng zamonaviy NQ8 AI 3-avlod protsessorimiz Samsung televizorlari orasidagi eng aniq va ravon tasvirni ta'minlaydi.

      Ekran qatlamlari ortida Samsung NQ8 AI 3-avlod protsessori joylashgan. Protsessor yoqilganda ekranlar bo'ylan to'lqin tarqaladi va old plandagi tasvir sifati yashilanmoqda. To'p, futbolchi krossovkasi va maykasining barcha tafsilotlari ko'rinadi.
  • AI tovush

  • AI optimallashtirish

O'zingiz uchun
Neo QLED 8K imkoniyatlarini kashf eting

Kontent sifatini ajoyib 8K aniqlikkacha takomillashtiring

8K AI Upscaling Pro texologiyasi

Qulayroq joylashib oling va 8K aniqlikdagi tomoshadan zavq oling. Sun'iy intellekt asosidagi bizning masshtablash texnologiyamiz 512 neyron tarmoqlaridan foydalanib, har bir kadrni 8K aniqlikkacha yaxshilaydi. Endilikda siz sevimli teledastur, filmlaringiz, striming xizmatlari, jumladan YouTube kontentini eng tiniq va ravon tasvirda ko'rishingiz mumkin.

barobar
1.8
aniqlik va detallashtirishdan zavq oling  8
Kontentni 4K aniqlikda tomosha qiling va 8K dan
90 %
lik tasvirdan zavq oling  9
Neo QLED 8K 2024 televizorining ekranidagi shaharning tiniq ko'rinishi Neo QLED 8K 2024 televizorining ekranidagi shaharning tiniq ko'rinishi
  • *Tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq.
  • *Masshtablashtirish shaxsiy kompyuterga ulanganda va o'yin rejimida amal qilmasligi mumkin.
  • *AQSh va Koreya foydalanuvchilari orasidagi so'rovnoma natijalari asosida. Ishtirokchilardan Neo QLED 4K/8K televizoridagi takomillashtirilgan kontenga HD, FHD, 4K va 8K (vertikal piksellarda) sifatdagi namunalarga nisbatan tasvir aniqligi va detallashtirilish nuqtai nazaridan baholash talab etildi. Nisbiy baholash uchun minimal harakatga ega kontentdan foydalanildi.
  • 8. Neo QLED televizorida takomillashtirilgan kontentning verikal piksellardagi o'rtacha qiymati uchun "1,8 barobar", Neo QLED 8K yordamida yaxshilangan aynan shu kontentga nisbatan.
  • 9. "90%" — bu tasvir aniqligi va detallashtirilishining 8K sifatda taqdim etilgan namunasiga nisbatan so'rovnoma ishtirokchilarining o'rtacha bahosi.

8K aniqlikda har bir yashirin tafsilot jonlanadi

Quantum Matrix Pro texnologiyasi

Chuqur qora, yorqin oq va betakror yuqori kontrast bilan hech narsa sizning nazaringizdan qolmaydi. Quantum Matrix Pro texnologiyasi har bir Quantum Mini LED yorug'lik diodining nozik sozlamalari va mayda tafsilotlarning jonlanishi uchun QLED 4K ga nisbatan 10 barobar ko'proq yoritish zonalariga ega.

barobargacha
10
ko'proq yoritilish zonalari
Otning detallashtirilgan tasviri Otning detallashtirilgan tasviri

* Xususiyatlar 65 dyuymli Q80D (QLED 4K) modeliga nisbatan 65 dyuymli QN900D 2024 (Neo QLED 8K) televizori uchun ko'rsatilgan.

Tiniq va ravon harakatlanuvchi obyektlar va matn

AI Motion Enhancer Pro texnologiyasi

Bizning NQ8 AI 3-avlod protsessorimiz harakatdagi obyektlar va matn tiniqligi va ravonligini oshirish uchun sun'iy intellektdan foydalanadi. Buning natijasida sport translyatisiyalari mutlaqo yangicha qabul qilinadi.

  • *Ko'rsatish sifati kontent turi va formatiga qarab farq qilishi mumkin.
  • *AI Motion Enhancer Pro shaxsiy kompyuterga ulanganda va o'yin rejimida amal qilmasligi mumkin.

O'yinlardagi inqilobiy samaradorlik

Motion Xcelerator 240 Gs texnologiyasi

240 Gs tezlikdagi 4K sifatda harakatlar aniqligi va ravonligining oshirilishi tufayli o'yinlar yangi darajaga ko'tarilmoqda. Qudratli Motion Xcelerator 240 Gs texnologiyasi doimo tiniq tasvir va chaqmoq kabi yuqori tezliklarni ta'minlaydi. Samsung noyon dinamik yangilanish texnologiyasi bilan siz VRR o'yinlarni 4K sifat 240 Gs yangilanish tezligi bilan ishga tushirishingiz hamda sizga barcha ustunliklarni taqdim etuvchi ravon tasvirdan zavq olishingiz mumkin.

«The First Descendant» o'yinidagi "120 Gs" belgilangan bir tomonda xiraroq va "240 Gs" belgilangan tomondagi juda ham aniq sahnalar ko'rsatilgan. Slayderni ekranda harakatlantirib tasvir sifatini taqqoslash mumkin.

Neo QLED 4K
Neo QLED 8K
  • *Tasvir namuna sifatida keltirilgan.
  • *4K 240 Gs mazkur xususiyatlarni qo'llab-quvvatlovchi shaxsiy kompyuterlardagi o'yinlar uchun amal qiladi (kompyuter videokartasi talab etiladi). Haqiqiy tasvir sifati farq qilishi mumkin.

Uyingizda kinoteatrdagi kabi tovush — quloqlaringiz zavq olishi uchun

Dolby Atmos® texnologiyasi

Dolby Atmo yangi avlod qamrovli tovush ijrosi bilan hayajonli olamga sho'ng'ing. Yangi yuqori dinamiklar filmni hayajonga berilib tomosha qilishingiz uchun qudratli adaptiv ijroni ta'minlaydi.

Dolby Atmos tovushi televizorning yuqori, yon va quyi dinamiklaridan jaranglab, tomoshabinlarni dinamik muhitga tushirmoqda. Dolby Atmos tovushi televizorning yuqori, yon va quyi dinamiklaridan jaranglab, tomoshabinlarni dinamik muhitga tushirmoqda.

Neo QLED 8K qudratli televizoridagi masshtabli va unutilmas taassurotlar

Eng innovatsion televizor bilan har bir lahzangizni unutilmas qiling. Salomatlik, o'yinlar, aqlli uyni boshqarish va boshqa kundalik vazifalar uchun OS Samsung Tizen asosidagi turli ilova va xizmatlardan foydalaning va yagona ajoyib ekrandan yorqin taassurotlar oling.

  • *Kontent va xizmatlar mintaqaga bog'liq bo'lib, ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin.
  • *Foydalanishdan oldin Smart Hub foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatini qabul qilish talab etiladi. Ayrim kontent va xizmatlar faqat ro'yxatdan o'tsih va obunadan so'ng mavjud bo'ladi. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi.

Soha mutaxassislari tomonidan
sertfikatlangan