Agar Samsung televizori birorta Wi-Fi tarmog'ini topmasa nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 01.10.2024

Agar siz simsiz tarmoqqa ulanmoqchi bo'lsangiz, televizor hech qanday Wi-Fi tarmog'ini topmasa, cheksiz yuklansa yoki bo'sh ekran paydo bo'lsa, ushbu maqoladagi tavsiyalarga amal qiling.

Agar televizor boshqa Wi-Fi tarmoqlarini ko'rsa, lekin siznikini topmasa, muammo router sozlamalarida. Router ishlab chiqaruvchisi yoki internet-provayderning qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. 

televizorda Wi-Fi tarmog'ini tanlash televizorda Wi-Fi tarmog'ini tanlash
televizorda tarmoqlar mavjud emas televizorda tarmoqlar mavjud emas
1 Boshqa qurilmalar kerakli Wi-Fi tarmog'ini ko'rayotganligini tekshiring.
  • Agar boshqa qurilmalar tarmoqni ko'rmasa, routeringizni qayta ishga tushirishga harakat qiling. Routerning quvvat blokini rozetkadan chiqarib oling, 1-2 daqiqa kuting, keyin esa yoqing. Routerning to'liq ishlashini kuting va simsiz tarmoq holatini tekshiring.
    Agar bu yordam bermasa, provayderingizga murojaat qiling.
  • Agar boshqa qurilmalar tarmoqni ko'rsa, quyidagi tavsiyaga o'ting. 
2 Televizorni rozetkadan chiqaring.
10-15 soniya kuting, keyin televizorni yoqing.
3 3. Sozlamalar ga kiring > Qo'llab-quvvatlash > Ushbu televizor haqida. Simsiz tarmoqning MAC-manzilini toping.
  • Agar MAC-manzili to'g'ri ko'rsatilsa, quyidagi tavsiyaga o'ting.
  • Agar MAC-manzili noto'g'ri ko'rsatilsa("00:00:00:00:00:00" yoki "ff:ff:ff:ff:ff:ff:ff" yoki "****"), quyidagi amallarni bajaring va har bir qadamdan keyin muammo davom etayotganligini tekshiring: 

1-qadam. Televizorning dasturiy ta'minot versiyasini tekshiring. Agar yangi versiya mavjud bo'lsa, dasturiy ta'minotni yangilang. 

2-qadam. Televizor sozlamalarini qaytadan tiklang. 

3-qadam.  Televizorni elektr ta'minotidan 10-15 daqiqaga uzing - buning uchun simni rozetkadan chiqaring. Keyin uni qayta ulang va qurilmaning ishlashini tekshiring.

Agar muammo davom etsa, quyidagi tavsiyaga o'ting.

4 Televizor va router orasidagi masofani qisqartirishga harakat qiling.
Wi-Fi signalining kuchiga qurilmalar orasidagi devorlar va metall konstruktsiyalar ta'sir qilishi mumkin.
5 Boshqa Wi-Fi ulanish nuqtasiga ulanishga harakat qiling.
Masalan, smartfondan kirish nuqtasi sifatida foydalanish mumkin.
  • Agar ushbu ulanish muvaffaqiyatli bo'lsa, ulanish xatosining sababi router ishlashi yoki internetga ulanish sifati bilan bog'liq. Internet-provayderingizning qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
  • Agar televizor boshqa Wi-Fi ulanish nuqtasini ko'rmasa yoki ulanmasa, quyidagi tavsiyaga o'ting. 
6 Televizor sozlamalarini qaytadan tiklang.
7 Agar oldingi barcha qadamlar yordam bermasa, qurilmani diagnostika qilish uchun xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qilishni maslahat beramiz.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!