Samsung televizorining dasturiy ta'minotini internet orqali qanday yangilash mumkin

Oxirgi yangilanish sanasi : 03.10.2024

Internet orqali dasturiy ta'minotni yangilash faqat Smart TV-ga ega televizorlarda mumkin.

Agar Sizning Samsung televizoringizda Smart TV bo'lmasa, televizor internetga ulanmagan bo'lsa, trafik cheklangan bo'lsa yoki yuklab olish tezligi juda past bo'lsa,  "Samsung televizoridagi dasturiy ta'minotni (USB orqali) fleshka orqali qanday yangilash mumkin" maqolasiga o'ting.

  • Dasturiy ta'minot yangilanishlari televizor modeli chiqarilgandan keyin bir necha yil ichida (5 yilgacha) chiqariladi. Ushbu davrdan so'ng, dasturiy ta'minotni yangilash faqat qurilmaning ishlashida muhim xato (tizimning ishdan chiqishi) aniqlanganda chiqishi mumkin.

  • Dasturiy ta'minotni yangilash qurilmaning ishlashidagi tizim xatolarini tuzatish uchun mo'ljallangan. Dastlab ushbu televizor modeli uchun taqdim etilmagan funksiyalarni televizorga qo'sha olmaydi.

  • Agar fleshka televizorga ulangan bo'lsa, "Hozir yangilash" bandini ishga tushirganingizda, televizor har doim USB fleshkada yangilanish faylini qidiradi. Dasturiy ta'minotni yangilashdan oldin barcha tashqi ulangan qurilmalarni televizordan uzishni tavsiya etamiz.
Smart TV logotipi bilan Samsung televizori

Internet orqali televizor dasturiy ta'minotni yangilash uchun quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling.

2 Televizor menyusiga o'ting.
  • Smart Control pultida: "Home" (uy) tugmasini bosing va televizor ekranidagi "Sozlamalar" bandini tanlang. 
  • Pultda: "Menu" tugmasini bosing.
  • Sensorli pultda: "More" yoki "Keypad" tugmachasini bosing va ekran pultidagi "Menu" tugmachasini tanlang.
3 Qo'llab-quvvatlash bandini tanlang.
Qo'llab-quvvatlash
4 Dasturiy ta‘minot yangilanishi ni tanlang.
  • Agar "dasturiy ta'minotni yangilash" bandi mavjud bo'lmasa, televizorni rozetkadan o'chiring va 5 daqiqa kuting.
    Televizorni "TV" manbasida yoqing va yana ushbu bandni ochishga harakat qiling.
  • Agar band hali ham mavjud bo'lmasa, televizor internetga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
    Keyin menyudan chiqing (televizorni o'chirmang), 5 daqiqa kuting va bandni yana ochishga harakat qiling.
Dasturiy ta‘minot yangilanishi
5 Hozir yangilash yoki Tarmoq orqali bandini tanlang.
Hozir yangilash
6 Televizor yangi dasturiy ta'minot mavjudligini tekshiradi.
7 Agar yangi dasturiy ta'minot bo'lsa, xabar paydo bo'ladi. Ha tugmasini bosing.
8 Televizor yangi dasturiy ta'minot yuklashini kuting.
Dasturiy ta'minot yangilanayotganda televizorni o'chirmang.
9 Dasturiy ta'minot yangilanganda televizor o'chadi va yana yoqiladi.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!