Samsung Galaxy qurilmasini qanday qilib yangilash mumkin

Oxirgi yangilanish sanasi : 17.09.2024

Proshivkani yangilashning ikki usuli

Eslatma: 

  • Yangilashdan so'ng oldingi proshivkaga qaytish imkoni yo'q.
  • Yangilashdan oldin muhim ma'lumotlarni boshqa smartfonga yoki kompyuterga saqlang.

Smartfon sozlamalari orqali proshivkani qanday qilib yangilash mumkin

Eslatma: 

  • Yangilashdan oldin akkumulyatorni kamida 80% gacha to'ldirib qo'ying.
  • Qurilmani kamida 5 Mbit/s tezlikdagi Wi-Fi tarmog'iga ulang.
Parametrlari > Dastur yangilanishi Parametrlari > Dastur yangilanishi

1. Parametrlari oching vaDastur yangilanishi bo'limiga o'ting

Yuklab olish va o'rnatish Yuklab olish va o'rnatish

2. Yuklab olish va o'rnatish bandini tanlang.

Yangi proshivka mavjud Yangi proshivka mavjud

3. Qurilma yangi proshivkaning mavjudligini tekshiradi. Agar yangi proshivka mavjud bo'lsa, uni yuklab olish tavsiya chiqadi.

Dasturiy ta‘minotingiz yangilangan Dasturiy ta‘minotingiz yangilangan

Agar yangi proshivka mavjud bo'lmasa, ekranda: "Dasturiy ta‘minotingiz yangilangan" degan xabar chiqadi.

Agar yangi proshivka mavjud bo'lsa, Yuklab olish tugmasini bosing. Ba'zi Android versiyalarida yuklab olishni tasdiqlash uchun chiquvchi oynada ruxsat berish talab qilinadi.

Fayl hajmi operatsion tizim versiyasi va qurilma modeliga bog'liq.

Proshivkani o'rnatish vaqtida qurilmani o'chirmang – u buzilishi mumkin.

Hozir o'rnatish Hozir o'rnatish

4. Yangilashni boshlash uchun Hozir o'rnatish tugmasini bosing.

Ekranda yangilanish jarayonini ko'rsatuvchi o'lchov chizig'i paydo bo'ladi. Ekranda yangilanish jarayonini ko'rsatuvchi o'lchov chizig'i paydo bo'ladi.

5. Qurilma o'chadi va qayta yoqiladi. Ekranda yangilanish jarayonini ko'rsatuvchi o'lchov chizig'i paydo bo'ladi.

tugmasini bosing tugmasini bosing

6. Proshivka o'rnatilgach, qurilma qayta yuklanadi. OK tugmasini bosing. Tayyor!

  • Yangilashdan so'ng siz qurilmangizni zavod sozlamalariga qaytarishingiz mumkin. Bu holda barcha shaxsiy ma'lumotlar o'chiriladi.
  • Ularni saqlash uchun Smart Switch dasturidagi "Zaxiralash" funksiyasidan foydalaning.
  • Agar zavod sozlamalariga qaytarmasangiz, qurilma xatoliklar bilan ishlashi mumkin.

Agar qurilmada ruxsat olingan bo'lsa yoki proshivka o'zgartirilgan bo'lsa, "Qurilma o'zgartirilgan" degan yozuv paydo bo'ladi. Bunday qurilmada proshivkani yangilash uchun Samsung servis markaziga murojaat qiling.


Smart Switch orqali proshivkani qanday qilib yangilash mumkin

1 Smart Switch dasturini yuklab oling va kompyuterga o'rnating.
2 Dasturani ishga tushiring va qurilmani kabel orqali kompyuterga ulang. Kompyuter internetga ulangan bo'lishi kerak.
3 Agar qurilmangiz uchun yangi proshivka mavjud bo'lsa, uni yuklab olish taklifi chiqadi.
Agar yangi proshivka mavjud bo'lmasa, bunday xabar chiqmaydi.
SmartSwitch
4 "Yangilash" tugmasini bosing.
5 Proshivka avval kompyuterga, so'ng qurilmaga yuklanadi. Yangilash jarayonida ekrandagi ko'rsatmalarga amal qiling.
6 Qurilma o'chadi va qayta yoqiladi. Ekranda yangilanish jarayonini ko'rsatuvchi o'lchov chizig'i paydo bo'ladi.

Eslatma: 

Proshivka o'rnatilayotgan paytda qurilma yoki kompyuterni o'chirmang va qurilmani kompyuterdan uzmang – u buzilishi mumkin.

Ekranda yangilanish jarayonini ko'rsatuvchi o'lchov chizig'i paydo bo'ladi.
7 Proshivka o'rnatilgach, qurilma qayta yoqiladi.
8 Yangilashdan so'ng zavod sozlamalariga qaytishni tavsiya qilamiz. Bu holda barcha shaxsiy ma'lumotlar o'chiriladi. Ularni saqlash uchun Smart Switch dasturidagi "Zaxiralash" funksiyasidan foydalaning. Agar zavod sozlamalariga qaytarmasangiz, qurilma xatoliklar bilan ishlashi mumkin.
Agar yangilashdan so'ng muammolar paydo bo'lsa va zavod sozlamalariga qaytarish yordam bermasa – servis markaziga murojaat qiling, u yerda muhandislik usuli bilan proshivkani qayta o'rnatib berishadi.

Agar proshivka haqida bildirishnoma chiqmasa

Agar bildirishnoma chiqmasa, quyidagilar bo'lishi mumkin:

  • Proshivka hali chiqmagan;
  • Qurilmada biror narsa noto'g'ri: proshivka noto'g'ri o'rnatilgan yoki o'zgartirilgan, qurilma Rossiya hududi uchun sotilmagan.

Birinchi holatda — kutishingiz kerak, ikkinchisida — servis markaziga murojaat qiling.


Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!