Smartfon yoki planshetda batareyani qanday qilib toʻgʻri zaryadlash va boshqa tez-tez soʻraladigan savollar

Oxirgi yangilanish sanasi : 26.09.2024
Zaryad tasviri bilan qo'lda telefon

1. Xariddan soʻng batareyani butunlay chiqarib, bir necha marta zaryadlashim kerakmi

Yoʻq, buning hojati yoʻq, chunki, Samsung zamonaviy Li-Ion yoki Li-Pol batareyalaridan foydalanadi. Bundan tashqari, batareyaning ushbu turiga zaryadni toʻliq tugatish zararli hisoblanadi. Shuning uchun qurilmangizni odatdagidek zaryadlang.

2. Qaysi zaryadlovchidan foydalanish kerak

Asl Samsung zaryadlovchilaridan foydalangan maʼqul. Agar siz smartfoningizni past sifatli zaryadlovchi bilan zaryadlasangiz, u batareyaning shikastlanishi va vaqtidan oldin eskirishiga olib kelishi mumkin. 

3. Batareyani zaryadlash paytida telefonim, smartfonim yoki planshetimdan foydalanishim mumkinmi

Batareya zaryadlanayotgan paytda qurilmadan foydalanishingiz mumkin, ammo bu zaryadlash jarayonini sekinlashtiradi.

4. Qurilmani qanday qilib juda tez zaryadlash mumkin

Qurilmani oʻchirilgan holatda zaryadlang.

5. Avval nimani uzish kerak: zaryadlovchini tarmoqdan yoki qurilmani zaryadlovchidan

Muhim emas, oʻzingizga qulay holda uzing. 

6. Qurilma yoki zaryadlovchi qizib ketadi

Qurilma zaryadlash paytida qizib ketishi mumkin. Bu normal va qurilmaning ishlashi va umriga taʼsir qilmaydi. Agar batareya odatdagidan koʻproq qizib ketsa, zaryadlovchi ishlashni toʻxtatishi mumkin.

7. Telefonni uzoq vaqt davomida (masalan, tunda) zaryadda qoldirish mumkinmi

Ha, mumkin. Zamonaviy smartfonlar zaryadni qabul qilishni 100% ga yetganda toʻxtatadi va natijada ular haddan tashqari qizib ketmaydi.

8. Telefonda qanday zaryad darajasini saqlash kerak

Qurilmangizda zaryad darajasini 20 dan 80% gacha saqlang. Telefoningizni zaryadini nolga tushirish yoki butunlay oʻchib qolmasligiga harakat qiling. Agar batareya har doim zaryadga ega boʻlsa, u kamroq eskiradi va uzoqroq xizmat qiladi.

9. Telefonni sovuqda zaryad qilsa boʻladimi

Smartfonni 10° dan past haroratda zaryadlamaslik yaxshiroqdir — bu tez batareya eskirishiga olib keladi. Agar qurilmani koʻchadan olib kirgan boʻlsangiz, u xona haroratigacha isiguncha kutib turing va faqat keyin uni zaryadga ulang.

10. Telefonimni ishlatmasam, quvvatsiz holatda saqlasam boʻladimi

Agar siz smartfoningizdan uzoq vaqt foydalanishni rejalashtirmasangiz, uni 50-70% ga zaryadlang va oʻchirib qoʻying. Telefoningizni butunlay ishdan chiqqan yoki zaryadlangan batareya bilan saqlamang — bu uning ish sifatiga salbiy taʼsir qiladi. 

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!