Samsung kir yuvish mashinasining displeyida Sud (5ud) yoki Sd (5d) xatoligi

Oxirgi yangilanish sanasi : 16.09.2024

Nima bo‘ldi

Kir yuvish mashinasining displeyida «SUd» (5Ud) yoki «Sd» (5d) xatolik xabari paydo bo‘ldi.

Samsung kir yuvish mashinasining displeyida SUd (5Ud) va Sd (5d) xatolik kodi

Nima uchun xato paydo bo‘ldi

Barabanda juda ko‘p ko‘pik hosil bo‘ldi:

  • Juda ko‘p yuvish kukuni qo‘shdingiz;
  • Avtomatik tizimdagi mashinaga mos kelmaydigan yuvish kukuni qo‘shdingiz;
  • Sifatsiz yoki soxta yuvish kukuni ishlatdingiz;
  • Drenaj filtri to‘lib qoldi.

Yoki kir yuvish mashinasida ko‘pik hosil bo‘lishini nazorat qiluvchi datchik ishlamayapti.

Keyin nima qilish kerak

Kir yuvish mashinangizni kuzating va barabanda ko‘pik miqdorini baholang.

Agar ko‘pik ko‘p bo‘lsa va tashqariga chiqayotgan bo‘lsa:

1 Kir yuvish mashinasini o‘chirmang. Ko‘pik miqdori pasaygandan so`ng, kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda yuvishni davom ettiradi. Jarayonni tezlashtirish uchun "Start/Pauza" tugmasini bosing.
2 Yuvish tugagandan so‘ng drenaj filtrini tozalang.
3 Mashinani kiyim-kechak va yuvish kukunisiz "Paxta" yoki "Sintetika" rejimida ishga tushiring, haroratni 60°C yoki 95°C ga qo‘ying. Bu mashinaning ichki qismlarini yuvishga va kukun qoldiqlarini eritishga yordam beradi.

Agar kelgusi yuvishlarda barabanda doimiy ravishda ko‘p ko‘pik hosil bo‘lsa, kamroq yuvish kukuni qo‘shing yoki uni almashtiring.

Tavsiya etilgan yuvish kukuni miqdori — olti kilogramm quruq kiyim uchun ikki osh qoshiq.

Agar ko‘pik kam yoki umuman bo‘lmasa, tashqariga chiqmayotgan bo‘lsa:

1 "Quvvat" tugmasini bosib mashinani o‘chiring, so‘ng rozetkadan ajrating.
2 Kiyimlarni olib tashlang. Agar eshik qulflangan bo‘lsa, suvni favqulot holatida tushiring.
3 Drenaj filtrini tozalang.
4 Mashinani shu rejimda kiyim-kechak va yuvish kukunisiz ishga tushiring.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!