Samsung kir yuvish mashinasidagi LE1, LC1 xatoliklari

Oxirgi yangilanish sanasi : 16.09.2024

Nima bo‘ldi

Kir yuvish mashinasining displeyida «LE1» yoki «LC1» xatolik xabarlari paydo bo‘ldi.

Samsung kir yuvish mashinasidagi LE1, LC1 xatolari

Nima uchun xatolik paydo bo‘ldi

Oqish datchigi kir yuvish mashinasining poddonida suv yoki ko‘pikni aniqladi:

  • drenaj filtridan suv oqmoqda (mahkam yopilmagan yoki shikastlangan);  
  • kir yuvish kukuni solinadigan konteynerdan suv oqmoqda;
  • ichki ulanish shlanglari yoki drenaj shlangidan suv oqmoqda;
  • eshikdan suv oqmoqda (manjeta shikastlangan);
  • tashqi manbadan (kanalizatsiya, suv quvuri va boshqalar) kir yuvish mashinasiga suv kirgan;
  • kir yuvish kukuni belgilangan miqdordan ko‘p solingan;
  • avtomatik tizimga mos kelmaydigan kir yuvish kukuni solingan.

Keyin nima qilish kerak

Kir yuvish mashinasini ko‘zdan kechiring va barabandagi ko‘pikka e'tibor bering.

Barabanda ko‘pik ko‘p yoki tashqariga chiqayotgan bo‘lsa

Quyidagi maqoladagi tavsiyalardan foydalaning.

Barabanda ko‘pik oz yoki umuman yo‘q, tashqariga chiqmayapti

Kir yuvish mashinasini ko'rikdan o'tkazish kerak, buning uchun yaqinroq vakolatli servis markaziga murojaat qiling.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!