Samsung kir yuvish mashinasida AE, AC, AC6 xatoliklari

Oxirgi yangilanish sanasi : 16.09.2024

Nima bo‘ldi

Kir yuvish mashinasi displeyida “AE”, “AC” yoki “AC6” xatolik xabari paydo bo‘ldi.

Samsung kir yuvish mashinasida AE, AC, AC6 xatoliklari

Nima uchun xatolik paydo bo‘ldi

Boshqaruv platasi orasida signal yo‘q.

Nima qilish kerak

1 Quvvat tugmasini bosing mashinani o‘chirish uchun.
2 Mashinani rozetkadan uzing.
3 15 soniyadan keyin mashinani yoqing va shu yuvish rejimini qayta ishga tushiring.
  • Agar xatolik yo‘qolsa — hammasi joyida. Mashinadan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin.
  • Agar xatolik yana paydo bo‘lsa, qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!