Joylashuv va tilingizni tanlang.

Galaxy S22 | S22+

AKSESSUARLAR

*Aksessuarlar alohida sotiladi. Mamlakatiga qarab, model va ranglarning mavjudligi farq qilishi mumkin.

*Tasvir namoyish maqsadlarida modellashtirilgan.

Super tezkor simsiz zaryadlash qurilmasining tekis yotgani, Clear Cover g‘ilofi kiydirilgan Galaxy S22 plus telefoni yuzi pastga qarab yotibdi, Silicone Cover g‘ilofi kiydirilgan Galaxy S22 plus telefoni yuzi pastga qarab yotibdi, Galaxy Buds2 quloqchinlari bilan ochiq taglikda turibdi va Galaxy S22 plus telefonining Smart Clear View Cover g‘ilofi bilan yuzi tepaga qaragan ko‘rinishi.
  • Ekran himoyasi

    Telefoningizga mo‘ljallangan ushbu shaffof va o‘ta sezuvchan plyonka qurilmani tirnalish va changlardan himoya qiladi, shuningdek, barmoq izlarining ultratovushli izi datchigi bilan ishlaydi. To‘plamga kiruvchi applikator plyonkani yopishtirishni osonlashtiradi.

    Ekran himoyasi

    Ekran himoyasining YouTubedagi tavsifi qolipi

G‘ILOFLAR

Telefoningizni himoya qiladi va eʻtiboringizni tortadi
Uchta Galaxy S22 plus telefoni, ikkitasi orqadan, bittasi esa oldidan ko‘rinmoqda. Orqadan ko‘rinayotgan tetefonning Moviy rangdagi Silicone Cover g‘ilofi va o‘rnatilgan Yashil bog‘ichli Oq bogʻichi bor, yana bittasining esa aks ettiruvchi orqa panelli Qora rangdagi The Frame g‘ilofi bor. Oldindan ko‘rinayotgan telefonga esa Qora rangdagi Smart LED View Cover g‘ilofi kiydirilgan.
  • Smart LED View qoplamasi

    O‘zingiz tanlaydigan tasvirchalardan foydalangan holda yorug‘lik diodli g‘ilofda qo‘ng‘iroqlar va matnli ogohlantirishlarni ko‘ring. Uni ochib, transport yoki bank kartangiz uchun tayyorlangan cho‘ntakni toping.1

  • Smart Clear View qoplamasi

    Displey qoplamani ochib o‘tirmay qo‘ng‘iroqlarga javob berish, musiqani to‘xtatib turish va boshqa ko‘plab narsalarga imkon beradi.1

  • Tasmali Silicone Cover

    Telefon orqa tarafidagi yumshoq silikon tutqich va bog‘ichdan bahra oling, u telefonni qo‘lingizda ishonchli tutib turadi. Bog‘ichni almashtirish bilan tashqi ko‘rinishni o‘zgartiring.

  • Himoya qiluvchi doimiy qoplama

    Telefoningizni xavfsiz saqlash uchun tushib ketishi sinab ko‘rilgan.2 Taglik sharniri telefoningizni 45 yoki 60 daraja burchak ostida ushlab turadi va siz unga yangi ko‘rinish baxsh etishingiz uchun ajraladi.

  • Charm qoplama

    Tabiiy charm bilan fikringizni ifoda qiling. Qayishqoq va yupqa g‘ilof telefonning yon va orqa taraflarini himoya qiladi va shu bilan birga ko‘rinishi bejirim.

  • Silicone Cover

    Bir necha soat davom etadigan qulay, silliq va yumshoq tutqichni his qiling. Yopishib turuvchi g‘ilof telefoningizni himoya qiladi va u turli ranglar diapazonida ishlab chiqariladi.

  • Tiniq qoplama

    G‘ilofning yupqa va pishiq materiali hamda qayishqoq bamperi telefonni himoya qilish barobarida uning dizaynini ham namoyish etadi. Boshqalardan ajralib turish uchun stikerlar qo‘shing.

  • Ramka gʻilofi

    U ramka va ikkita orqa plastina bilan keladi - bittasi akslantirilgan, bittasi tiniq. Ikkita turlicha ko‘rinish uchun o‘zingiz xohlaganingizga o‘tkazing.

  • Tiniq doimiy qoplama

    Mustahkam va shaffof orqa taraf va elastik yon taraflar namoyish etish va telefonni xavfsiz saqlab qolish imkonini beradi, Free Stop sharniri yordamida esa eng maqbul og‘ish burchagini tanlashingiz mumkin.

ASOSIY XUSUSIYATLAR

Uslubni qulay turmush tarzi bilan sinxronlash
Galaxy Watch4 bilan Galaxy Watch4 Classic soatlarining bir-biriga yuzlangan burchak ostida ko‘rinishi. Ikkala soatning displeyida ham grafik siferblat bor.
  • Galaxy Watch4

    Fitnes va salomatlik bo‘yicha trenerni shundoq bilagingizdan sizga ko‘rsatmalar beradigan qiling. Yaxshilangan uslu bilan mashqlaringiz va salomatligingizni osongina kuzatib boring.

    Galaxy Watch4ga o‘tish

  • Galaxy Watch4 Classic

    Mislsiz uslub va aylanuvchi bezel qulayligi bilan salomatligingiz va sog‘lig‘ingizni osongina kuzatib boring. Soat kun davomida sizga murabbiylik qiladi — va kunlik ko‘rinishingizga juda mos keladi.

    Galaxy Watch4 Classicga o‘tish

  • Galaxy Buds2

    Mislsiz tovush sifati, shovqinlarni bartaraf qilish va eshitadigan narsalaringizni boshqarishga imkon beruvchi maxsus audio sozlamalari bilan dunyongizga ko‘miling. Haqiqiy dunyoga sozlang va yangi audio dunyosiga sozlaning.

    Galaxy Buds2ga o‘tish

  • Galaxy Buds Pro

    Har qachongidan ham ko‘ra qamrovli tovush bilan dunyodagi eng yaxshi narsalarni eshiting. Galaxy Buds Pro eshitayotgan narsangizni boshqarishga imkon beradi, shuning uchun shovqinlarni sozlashingiz va tashqaridagi olamni ichkariga kiritishingiz mumkin.

    Galaxy Buds Pro ga o‘tish

ZARYADLAGICHLAR

O‘rnating. Ulang. Quvvatni qo‘shing
Galaxy S22 plus telefoni va Galaxy Buds2 quloqchlarining o‘ta tez Wireless Charger Duo zaryadlash quruilmasi tepasida zaryadlanayotgani ko‘rinishi.
  • O‘ta tez Wireless Charger Duo zaryadlash qurilmasi

    Bir vaqtda ikkita qurilmani quvvatlantiring. Yupqa form-faktorning telefon na quloqchin uchun ikkita joyi, shuningdek, Galaxy Watch soatini joyida ushlab turish uchun magniti bor. Ichiga o‘rnatilgan ventilyatorli sovitish tizimi elektrni kam iste’mol qilgan holda tezda zaryadlashni ta’minlaydi.3

  • O‘ta tez Wireless Charger zaryadlash qurilmasi

    Yupqa korpusda quvvati 15 Vt.lik tez zaryadlash imkoniyati mavjud. Ichiga o‘rnatilgan ventilyatorli sovitish tizimi telefoningiz qizib ketmasligi va tez zaryad olishi uchun kam quvvat iste’mol qiladi.3

  • 25 Vt.lik quvvat adapteri

    25 Vt. lik quvvat adapteri Galaxy S22 va S22+ ga Super tez zaryadlash bilan vaqt sarflashsiz 100% ga qaytishga imkon beradi.4 C-turdagi USB porti uning boshqa qurilmalar bilan ham mos kelishini anglatadi.

    45 Vt.lik quvvat adapteri

    Galaxy S22+ telefoningizni o‘ta tez simsiz zaryadlash qurilmasi yordamida bir zumda 45 Vt.lik quvvat bilan zaryadlang. Boshqa qurilmalarni ham zaryadlashingiz mumkin.5 Bu telefoningiz xavfsizligini ta’minlash uchun qilingan.

  • 65 Vt.lik Trio quvvat adapteri

    Bitta yupqa adapter yordamida uchtagacha qurilmani zaryadlang. Maksimal 65 Vt.lik umumiy quvvat zaryadni tez to‘ldirish imkonini beradi.6 Bundan tashqari, ikkita USB Type-C porti va bitta USB Type-A porti ko‘plab qurilmalarni zaryadlash imkonini beradi.