Joylashuv va tilingizni tanlang.

Galaxy S22 Ultra

AKSESSUARLAR

*Aksessuarlar alohida sotiladi. Mamlakatiga qarab, model va ranglarning mavjudligi farq qilishi mumkin.

Galaxy Buds Pro telefonining ochiq tagligi va o‘rnatilgan quloqchinlari bor yassi surati, charm qoplamali va yuzi yerga qaragan Galaxy S22 Ultra telefoni, displeyida analogli tasviri bor Galaxy Watch4 soati, o‘ta tez ishlovchi va yuzi tepaga qaragan Wireless Charger Duo va Galaxy S22 Ultra Smart LED View Cover g‘ilofi va yoniga o‘rnatilgan S Pen bilan.
  • Ekran himoyasi

    Telefoningizga mo‘ljallangan ushbu shaffof va o‘ta sezuvchan plyonka qurilmani tirnalish va changlardan himoya qiladi, shuningdek, barmoq izlarining ultratovushli izi datchigi bilan ishlaydi. To‘plamga kiruvchi applikator plyonkani yopishtirishni osonlashtiradi.

    Ekran himoyasi

    Ekran himoyasining YouTubedagi tavsifi qolipi

    Galaxy S22 Ultra telefonining rangli grafikali fon rasmi bilan old tarafdan ko‘rinishi. Ekranning himoya plyonkasi telefon displeyi oldidagi qatlam bo‘lib, telefoningiz uchun maxsus kesilgandir.

G‘ILOFLAR

Haq ekaningizni isbotlang. Fikringizni bayon qiling
Uchta Galaxy S22 Ultra telefoni, ikkitasi orqadan, bittasi esa oldidan ko‘rinmoqda. Orqadan ko‘rinayotgan tetefonning Moviy rangdagi Silicone Cover g‘ilofi va o‘rnatilgan to‘q sariq bog‘ichi bor, yana bittasining esa To‘q qizil charm g‘ilofi bor. Oldindan ko‘rinayotgan telefonga esa Qora rangdagi Smart LED View Cover g‘ilofi kiydirilgan.
  • Smart LED View qoplamasi

    O‘zingiz tanlaydigan tasvirchalardan foydalangan holda yorug‘lik diodli g‘ilofda qo‘ng‘iroqlar va matnli ogohlantirishlarni ko‘ring. Uni ochib, transport yoki bank kartangiz uchun tayyorlangan cho‘ntakni toping.1

  • Smart Clear View qoplamasi

    Displey sizga ekranga qo‘l tekkizmasdan turib, qo‘ng‘iroqlarga javob berish, musiqani to‘xtatib turish va hokazo ishlarni bajarish imkonini beradi.1

  • Tasmali Silicone Cover

    Telefon orqa tarafidagi yumshoq silikon tutqich va bog‘ichdan bahra oling, u telefonni qo‘lingizda ishonchli tutib turadi. Bog‘ichni almashtirish bilan tashqi ko‘rinishni o‘zgartiring.

  • Himoya qiluvchi doimiy qoplama

    Telefoningizni xavfsiz saqlash uchun tushib ketishi sinab ko‘rilgan.2 Free Stop sharniri telefoningizni 45 yoki 60 daraja burchak ostida ushlab turadi va siz unga yangi ko‘rinish baxsh etishingiz uchun ajraladi.

  • Charm qoplama

    Tabiiy charm bilan fikringizni ifoda qiling. Qayishqoq va yupqa g‘ilof telefonning old, yon va orqa taraflarini himoya qiladi va shu bilan birga ko‘rinishi bejirim.

  • Silicone Cover

    Bir necha soat davom etadigan qulay, silliq va yumshoq tutqichni his qiling. Yopishib turuvchi g‘ilof telefoningizni himoya qiladi va u turli ranglar diapazonida ishlab chiqariladi.

  • Tiniq qoplama

    G‘ilofning yupqa va pishiq materiali hamda qayishqoq bamperi telefonni himoya qilish barobarida uning dizaynini ham namoyish etadi. Boshqalardan ajralib turish uchun stikerlar qo‘shing.

  • Tiniq doimiy qoplama

    Mustahkam va shaffof orqa taraf va elastik yon taraflar namoyish etish va telefonni xavfsiz saqlab qolish imkonini beradi, Free Stop sharniri yordamida esa eng maqbul og‘ish burchagini tanlashingiz mumkin.

    Shaffof

S PEN

Barmoqlar bajara olmaydigan ishni qilish imkoniyati
Galaxy S22 Ultra telefonining S Pen ruchkasi tik holatda qora chiziq chizmoqda.
  • Galaxy S22 Ultra telefonining S Pen ruchkasi

    Aniq uchi va ekran bo‘ylab yurishining osonligi qog‘ozdagi, yozish paytidagi yoki eskizlar chizishdagi singari reallikni his qilishni ta’minlaydi. Air Actions yordamida imo-ishoralarni boshqarish uchun oynadan biroz uzoqlashing yoki Air Command menyusini chaqirish uchun S Pen ruchkasini yo‘naltirib, tugmasini bosing.3

  • S Pen Pro

    Tabiiy holda yozing va telefoningizni osonlik bilan boshqaring. S Pen Pro ruchkasi sevimli ruchkangizning barcha qulayliklarini taklif etadi, ichiga o‘rnatilgan qulay Bluetooth yordamida undan masofadan boshqarish pulti sifatida ham foydalanishingiz mumkin.4

    S Pen Pro g‘ilofining yonida tekis yotibdi.

ASOSIY XUSUSIYATLAR

Uslubni qulay turmush tarzi bilan sinxronlash
Galaxy Watch4 bilan Galaxy Watch4 Classic soatlarining bir-biriga yuzlangan burchak ostida ko‘rinishi. Ikkala soatning displeyida ham grafik siferblat bor.
  • Galaxy Watch4

    Fitnes va salomatlik bo‘yicha trenerni shundoq bilagingizdan sizga ko‘rsatmalar beradigan qiling. Yaxshilangan uslu bilan mashqlaringiz va salomatligingizni osongina kuzatib boring.

    Galaxy Watch4ga o‘tish

  • Galaxy Watch4 Classic

    Mislsiz uslub va aylanuvchi bezel qulayligi bilan salomatligingiz va sog‘lig‘ingizni osongina kuzatib boring. Soat kun davomida sizga murabbiylik qiladi — va kunlik ko‘rinishingizga juda mos keladi.

    Galaxy Watch4 Classicga o‘tish

  • Galaxy Buds2

    Mislsiz tovush sifati, shovqinlarni bartaraf qilish va eshitadigan narsalaringizni boshqarishga imkon beruvchi maxsus audio sozlamalari bilan dunyongizga ko‘miling. Haqiqiy dunyoga sozlang va yangi audio dunyosiga sozlaning.

    Galaxy Buds2ga o‘tish

  • Galaxy Buds Pro

    Har qachongidan ham ko‘ra qamrovli tovush bilan dunyodagi eng yaxshi narsalarni eshiting. Galaxy Buds Pro eshitayotgan narsangizni boshqarishga imkon beradi, shuning uchun shovqinlarni sozlashingiz va tashqaridagi olamni ichkariga kiritishingiz mumkin.

    Galaxy Buds Pro ga o‘tish

ZARYADLAGICHLAR

O‘rnating. Ulang. Quvvatni qo‘shing
Galaxy S22 Ultra telefoni va Galaxy Buds Pro quloqchlarining o‘ta tez Wireless Charger Duo zaryadlash quruilmasi tepasida zaryadlanayotgani ko‘rinishi.
  • O‘ta tez Wireless Charger Duo zaryadlash qurilmasi

    Bir vaqtda ikkita qurilmani quvvatlantiring. Yupqa form-faktorning telefon na quloqchin uchun ikkita joyi, shuningdek, Galaxy Watch soatini joyida ushlab turish uchun magniti bor. Ichiga o‘rnatilgan ventilyatorli sovitish tizimi elektrni kam iste’mol qilgan holda tezda zaryadlashni ta’minlaydi.5

  • O‘ta tez Wireless Charger zaryadlash qurilmasi

    Yupqa korpusda quvvati 15 Vt.lik tez zaryadlash imkoniyati mavjud. Ichiga o‘rnatilgan ventilyatorli sovitish tizimi telefoningiz qizib ketmasligi va tez zaryad olishi uchun kam quvvat iste’mol qiladi.5

  • 45 Vt.lik quvvat adapteri

    Galaxy S22 Ultra telefoningizni o‘ta tez simsiz zaryadlash qurilmasi yordamida bir zumda 45 Vt.lik quvvat bilan zaryadlang. Boshqa qurilmalarni ham zaryadlashingiz mumkin.6 Bu telefoningiz xavfsizligini ta’minlash uchun qilingan.

    Qora

  • 65 Vt.lik Trio quvvat adapteri

    Bitta yupqa adapter yordamida uchtagacha qurilmani zaryadlang. Maksimal 65 Vt.lik umumiy quvvat zaryadni tez to‘ldirish imkonini beradi.7 Bundan tashqari, ikkita USB Type-C porti va bitta USB Type-A porti ko‘plab qurilmalarni zaryadlash imkonini beradi.

    Qora