Joylashuv va tilingizni tanlang.

Galaxy S22 Ultra

  • Epik standartga xush kelibsiz!
  • Galaxy tarixidagi eng tezkor chipset
  • Tunda tasvirga olish misli ko‘rilmagan darajada
  • Quvvati bir kundan ko‘proq vaqtga yetuvchi batareya1
  • Ichki o‘rnatilgan S Pen
  • Galaxy S22 Ultra: Обзор экспертов | Samsung
Movie player Layer
  • Galaxy S22 Ultra

    "Men smartfonda ko'rgan eng ta'sirli portret rejimidagi fotosuratlar."

    The Verge

    Diqqatga sazovor yangi ko‘rinish

    Kutib oling - Note kuchiga ega yangi Galaxy S22 Ultra! Ko‘zni quvnatuvchi ko‘rkam dizayn, noyob xususiyatlar va aql bovar qilmaydigan ultra keng burchakli kameralar. Bularning barchasi Galaxy S22 Ultra smartfonida!

    Agar yonidan qaralsa, Galaxy S22 Ultra ekrani va telefonining quyi qismi ko‘rinishi uchun ko‘tariladi va buriladi. Ayni damda S Pen ruchkasi telefonning quyi qismidan chiqarib olinadi. Va Galaxy S22 Ultra ham, S Pen ham qarama-qarshi taraflardagi ekran chetiga chiqib ketadi.

    S Pen

    Galaxy S22 Ultra va S Pen perosi endi birgalikda

    S Pen perosi o‘rnatilgan birinchi Galaxy S smartfoni. S Pen yordamida smartfoningizda ijod qiling, eskizlar chizing yoki smartfoningizda bevosita turli xil amallar bajaring. Samsung Notes ilovasining takomillashtirilgani bois, endilikda S Pen perosi ekran bo‘ylab yanada aniq va ravshan harakatlana oladi va pero yordamida yozilgan yozilmalarni osonlik bilan matn ko‘rinishiga o‘gira oladi.

    S Pen ruchkasi ekran ortidan yuzi oldinga qaragan holda chiqib keladi.

    RANGLAR

    Uslubingizga mos ranglar

    Galaxy S22 Ultra smartfonining ko‘zni quvnatuvchi yorqin ranglari orasida o‘zingizga mos rangni tanlang va betakror uslubingizga urg‘u bering.2

    360° burchak ostida ko‘rish

    To‘q qizil rangdagi Galaxy S22 Ultra telefonining old, orqa va yon tomonlarini ko‘rsatish uchun uchta burchakdan ko‘rinishi. Ichiga o‘rnatilgan S Pen yon tomonga egilgan.
    Galaxy S22 Ultra in Green seen from three angles to show the front, back and sides. The built-in S Pen leans against the side.
    Oq rangdagi Galaxy S22 Ultra telefonining old, orqa va yon tomonlarini ko‘rsatish uchun uchta burchakdan ko‘rinishi. Ichiga o‘rnatilgan S Pen yon tomonga egilgan.
    Qora rangdagi Galaxy S22 Ultra telefonining old, orqa va yon tomonlarini ko‘rsatish uchun uchta burchakdan ko‘rinishi. Ichiga o‘rnatilgan S Pen yon tomonga egilgan.

    Texnologiyalar rivojidagi ilg‘or qadam

    4 NM PROTSESSOR

    Galaxy tarixidagi eng tezkor chipset
    Galaxy S22 Ultra telefoni quyi yarmining mikrosxemalar ustida muallaq turgan holda yon tarafdan ekstremal burchak ostida ko‘rinishi.

    4 nm ga teng tezkor va quvvatli protsessor smartfondan har qanday maqsadda foydalanishingizda yuqori samaradorlikni ta'minlaydi. Yangi chipsetimiz bilan smartfondan foydalanish endi yangi darajada.

    DISPLEY

    Eng yorqin lahzalaringiz uchun eng yorqin displey
    Galaxy S22 Ultra telefonining ekrandagi rang-barang grafikali fon surati bilan oldindan ko‘rinayotgan yirik tasviri. Fon surati qoramtir, biroq ekran tobora yorisha borib, ekranni yorqin va aniq qiladi.

    Galaxy S 22 Ultra smartfoni Dynamic AMOLED 2X displeyi va Vision Booster funksiyasi bilan ta'minlangan bo‘lib, ekran yorqinligi 1750 nit o‘lchamgacha ko‘tarila oladi. Bu Galaxy smartfonlari tarixidagi eng yorqin va rang-barang displeydir. Undan tashqari, yangilanish tezligi 120 Hz ga teng bo‘lgan moslashuvchan displey tasvir ravonligini ta'minlab, displeydagi tasvir turiga qarab smartfon tasvir ravonligini oshiradi yoki kamaytiradi.

    *Tasvir namoyish maqsadlarida modellashtirilgan.

    Galaxy S22 Ultra VDE logotipi. ID: 40054365

    BATAREYA

    Quvvatning tez tugashi endi o‘tmishda qoldi1

    Galaxy S22 Ultraning 5000 mA/soat sig‘imiga teng bo‘lgan batareyasi Sun'iy Intellekt yordamida quvvatni kun davomida tejash imkonini beradi. Smartfondan qay tarzda foydalanishingizga qarab quvvatning sarf qilinishi sharoitga qarab moslashadi, bu esa, o‘z o‘rnida, smartfon quvvatining tejalishiga va uning bir kundan ortiq avtonom ravishda ishlashiga imkon yaratadi.

    Super tezkor zaryadlash

    Kun bo‘yi yetarli quvvat sari olg‘a. 45 Vt ga ega quvvat adapteri yordamida smartfoningiz tez quvvatlana oladi va batareya quvvati bir kundan ortiqroq muddatga bemalol yetadi.5

    PowerShare - simsiz quvvat bilan ulashish

    Simsiz quvvat bilan ulashish xususiyati sizga do‘stingiz bilan quvvat ulashishingiz, yoki boshqa qurilmalaringizni smartfoningizdan quvvatlantirishingiz mumkin.6

    *The USB Implementers Forum, Inc. kompaniyasi (USB-IF) 1995-yilda USB-li qurilmalarni bozor va isteʼmolchilar tomonidan qabul qilinishini qoʻllab-quvvatlash va tezlashtirish uchun tashkil etilgan. Galaxy S22 Ultra ning Super Fast Charging funksiyasi USB standartlariga muvofiqligi sertifikatiga ega, bu sizning mahsulotlaringiz sohadagi eng yuqori standartlarga javob berganligini anglatadi. Ushbu sertifikat bilan www.usb.org saytida tanishishingiz mumkin.

    USB-IF logotipi. 45 Vt.lik sertifikatlangan USB tez zaryadlash qurilmasi.
    Kechqurungi shahar manzarasi kunduzgisi bilan almashadi. Osmon qorayganda, u tungi osmonni ko‘rsatish uchun kattalashadi va Galaxy S22 Ultra telefoni ekranidagi tasvirga aylanadi, sekinlashtgirilgasn tasvirga olish esa batareya quvvati qanchagacha yetishini ko‘rsatadi.
    Kechqurungi shahar manzarasi kunduzgisi bilan almashadi. Osmon qorayganda, u tungi osmonni ko‘rsatish uchun kattalashadi va Galaxy S22 Ultra telefoni ekranidagi tasvirga aylanadi, sekinlashtgirilgasn tasvirga olish esa batareya quvvati qanchagacha yetishini ko‘rsatadi.
    Birga bo‘lishga nima yetsin 45 Vt.lik quvvat adapteri5

    Tez quvvatlantirish uchun

    MUSTAHKAMLIGI

    Eng mustahkam Galaxy smartfoni bilan tanishing

    Galaxy S 22 Ultra smartfoni Armour Aluminum ramkasi bilan jihozlangan bo‘lib, u smartfon mustahkamligini yuqori darajada ta'minlaydi. Smartfonning oldi va orqa taraflari Corning® Gorilla® Glass Victus®+ oynasi bilan jihozlangan bo‘lib, u Galaxy smartfonlari orasidagi eng chidamli va mustahkam oyna hisoblanadi. Undan tashqari, Galaxy S22 Ultra qurilmasi S Pen perosi bilan birgalikda IP68 standartidagi himoyaga ega.7

    To‘rtta Galaxy S22 Ultra telefoni tasviridan iborat kollaj. Bitta telefon oldindan burchak ostida ko‘rinmoqda, displeydan chiqib ketayotgani ko‘rinib turgan qatlamlar uning mustahkamligidan dalolat beradi. Ikkita telefon esa cho‘zinchoq shakl va chiziqli orqa kamera obyektivining uchta oynali halqasini ko‘rsatish uchun yon tarafdan ko‘rinmoqda. To‘rtinchi Galaxy S22 Ultra telefoni old tarafdan burchak ostida ko‘rinmoqda. Ekranida rang-barang grafikali fon rasmi, S Pen ruchkasi esa telefonning quyi qismidan bo‘rtib chiqib turibdi. Telefon atrofida suv sachrayapti.

    Tunda tasvirga olish misli ko‘rilmagan darajada

    GALAXY PRO-GRADE KAMERASI

    Bir zumda yuqori sifatli suratlar
    Galaxy S22 Ultra telefoni orqa kamerasining ostidagi ekstremal burchakdan ko‘rinishi.

    Galaxy S22 Ultra smartfoni professional darajadagi eng mukammal kamera bilan jihozlangan bo‘lib, kameraning katta piksel sensorlari va shaklni o‘zgartiruvchi piksel xususiyatlari yordamida Galaxy S22 Ultra qurilmasida hatto tunda ham betakror tasvirlar yarating. Smartfon kameralari to‘plami mukammal sifatli tasvirlar yaratish uchun barcha imkoniyatlarni o‘ziga jam qilgan.

    Galaxy S22 Ultra telefonidagi old kamera.
    40 MP
    Selfi kamerasi
    Galaxy S22 Ultra telefonidagi orqa kamera.
    12 MP
    Ultra keng burchakli kamera
    108 MP
    Keng burchakli kamera
    10 MP 3x Optik Zoom
    2-telefoto kamera
    10 MP 10x Optik Zoom
    1-telefoto kamera

    TUNGI REJIM

    Qolgan kameralarni zulmatda qoldiradi

    Biz smartfonlar dasturiy ta'minotini takomillashtirish va kameralar xususiyatlarini yaxshilash natijasida Galaxy smartfonlari oilasida eng yorqin taraqqiyotga ega bo‘ldik. Yangi innovatsion tungi rejim - tunda tasvirga olish endi yangi darajada!

    #withGalaxy

    TUNGI REJIMDA VIDEO

    Tunda yaratilgan mo‘jizaviy tasvirlar

    Yangi tungi rejim - Galaxy smartfonlari orasidagi video tasvirlar texnologiyasida eng yirik taraqqiyotdir. Bizning 4nm protsessorimiz va Super Night Solution funksiyasi bilan birgalikda har bir kadrdagi notiniqliklar osonlik bilan bartaraf etilib, sizga tundan tonggacha aniq va tiniq video tasvirlar yaratishga imkon beriladi.

    BATAFSIL
    #withGalaxy
    Ijro etish

    TUNGI PORTRET REJIMI

    Tungi rejimning innovatsion texnologiyalari bilan tun sehrini kashf eting

    Sun'iy Intellektning kadrlarga qayta ishlov berishi yordamida, ham 108 Megapikselli keng burchakli kamera bilan, ham 40 Megapikselli selfi kamera yordamida hatto tunda ham yorqin va mukammal tasvirlar yaratishingiz mumkin. Super Night Solution funskiyasi esa avtomatik tarzda kadrlaringizni yorqin ranglar bilan boyitadi.

    BATAFSIL
    #withGalaxy
    Kishi qorong‘i xonada o‘tiribdi, oldida qoralamali qog‘ozlar sochilib yotibdi. U qo‘lida S Pen ushlab turibdi va qurilma ekraniga qarayapti. Uning portreti aniq va yorqin chiqdi, bu Super Night Solution funksiyasi yorug‘lik yetishmagan sharoitda olingan portretlarni yorqinroq va chirioyliroq qilishga yordam berishini namoyish etadi.

    RAVON VIDEO TASVIRLAR

    Diqqat. Kamera. Motor!

    Galaxy oilasidagi eng ravon tasvir. Galaxy S22 Ultra smartfoni kamerasi 58 foizga kengroq burchak ostida tasvirga olishi tufayli kadrdagi harakatlarni tez aniqlaydi, kamera silkinishini oldini olib, har bir kadr barqarorligini va ravon tasvirga olishni ta'minlaydi.

    Super HDR funksiyasi hatto yorug‘lik manbai bo‘lmagan yoki yorug‘likga qarama-qarshi bo‘lgan holatlarda ham kadrlarga qayta ishlov berish yordamida suratlaringiz yorqin va rangbarang bo‘lishini kafolatlaydi.8

    *Surat illyustratsiya uchun mo'ljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.

    #withGalaxy
    Ijro etish

    EXPERT RAW bilan professional darajadagi suratlar

    O‘zingizning professional studiyangizga ega bo‘ling
    #withGalaxy
    Galaxy S22 Ultra telefonining oldindan Kamera ilova ekranida ochiq turgan holatda ko‘rinishi. Kadrda ayol kishi bor.

    EXPERT RAW xususiyati bilan endi siz ishlov berilmagan fayllarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri galereyangizga yuklab olib, kadrlarga qayta ishlov berish, ularni tahrir qilish kabi amallarni bajarishingiz mumkin. Kadrlaringizga shaxsiy komputeringiz yoki planshetingizda ham o‘zgartirish kiritishingiz mumkin.

    *Surat illyustratsiya uchun mo'ljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.

    Ikkita Galaxy S22 Ultra telefoni old tomondan ko‘rinib turibdi. Bittasining ekranida Quick Share paneli mavjud. Boshqasining ekranida Galereya ilovasi bo‘lib, unda Quick Share ilovasi yuborgan fotosuratlar va videolar ko‘rinib turibdi.

    Quick share ilovasi bilan bir zumda san'at asarlaringizni boshqa joyga ko‘chirishingiz, video va fotosuratlaringizni shaxsiy kompyuteringiz yoki planshetingizga osonlik bilan yuklashingiz mumkin.10

    *Surat illyustratsiya uchun mo'ljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.

    BATAFSIL

    YUQORI TINIQLIK

    Aql bovar qilmas piksel sensori
    Yuqori tiniqlik rejimidagi Detail Enhancer funksiyasi qo‘shilgan vaqtda Galaxy S22 Ultra telefoni kamerasi berishi mumkin bo‘lgan keng qamrovli yorqinlik, teranlik va aniqlikni namoyish etuvchi suratlar galereyasi.
    #withGalaxy

    Yuqori aniqliqga ega 108 Megapiksellik kamera sensori sizga tunu-kun mukammal tasvirlar yaratish imkonini beradi. Moslashuvchan Piksel xususiyati kameraning 108 Megapiksellik yuqori aniqlik va 12 Megapiksellik yuqori sezgirlik rejimlari orasida moslashadi, Detail Enhancer intellektual funksiyasi esa kadrlarga qayta ishlov berish yordamida ortiqcha soya va hiraliklarni bartaraf etib, tasvirlarning yorqinligini oshiradi.

    BATAFSIL

    SPACE ZOOM

    100x Zoom. 100% epik
    #withGalaxy
    Uzoqda, o‘simlik va daraxtlar qurshovida turgan ayoldan boshlab, Tele Zoom tizimi qanday ishlashi haqidagi visual tasavvurni taklif etuvchi uchta ko‘rinishdan iborat kolleksiya. O‘sha tizim ayni galereyadagi tasvir miqyosini kattalashtiradigan uchta keskin va aniq rakursdan iborat kolleksiyaning bir qismi bo‘lish uchun uzoqlashib boradi.
    Uzoqda, o‘simlik va daraxtlar qurshovida turgan ayoldan boshlab, Tele Zoom tizimi qanday ishlashi haqidagi visual tasavvurni taklif etuvchi uchta ko‘rinishdan iborat kolleksiya. O‘sha tizim ayni galereyadagi tasvir miqyosini kattalashtiradigan uchta keskin va aniq rakursdan iborat kolleksiyaning bir qismi bo‘lish uchun uzoqlashib boradi.

    Galaxy S22 Ultra smartfoni Dual Tele Zoom xususiyatiga ega bo‘lib, uning yordamida kameraning 3x va 10x telefoto optik linzalari suratga olish jarayonida tasvirni aql bovar qilmaydigan darajada kattalashtirishga imkon beradi. Bizning ilg‘or ikki qavatli linzalarimiz va Sunʼiy Intellekt bilan takomillashtirilgan Super Resolution funksiyasi birgalikda ishlab, sizga uzoqdan turib kadrlarni 100 marotaba kattalashtirishga imkon yaratadi.11

    BETAKROR KAMERA Diqqatga sazovor innovatsiyalar
    • Avtomatik kadrni sozlash

      Tasvirga olish jarayonida fokusdagi obyektlar harakatda bo‘lsa ham, video tasviringiz fokusni yo‘qotmay, markaziy holatni saqlab qoladi. Tasvirga olish vaqtida ekranga bir bor teginish bilan fokusdagi obyektni bir xolda to‘xtatib qo‘yishingiz mumkin.12, 13

    • Rejissyordek ishlang

      Bir vaqtning o‘zida 4 xil mukammal kameralar yig‘indisidan foydalanib xuddi rejissyor kabi professional darajadagi, sifati yuqori bo‘lgan video tasvirlar yarating.

    • Bir urinishda betakror tasvirlar

      Galaxy S22 Ultra smartfoni kamerasining yangi xususiyatlaridan biri - 20 soniya davomida olingan tasvirdan har xil formatdagi tasvirlar yaratishdir. Giperlaps video, loops, harakatdagi suratlar kabi turli xil tasvirlarni bir tasvirdan yarating.14

    • Sun'iy intellekt bilan kadrlarga qayta ishlov berish

      Smartfon galereyasida mavjud bo‘lgan suratlarni intellektual qo‘shimchalar yordamida suratlarni professinal darajada tahrirlang. Object Eraser funksiyasi suratdagi obyektlarni suratdan kesmay turib o‘chirish imkonini beradi, Photo Remaster yordamida esa suratlarni osonlik bilan "retush" qilishga yordam beradi.

    • Mukammal Selfilar

      Yangilangan Selfi kamerasi bilan ajoyib selfilar yarating va ijtimoiy tarmoqlar trendida bo‘ling.

    Har bir detalda maksimum texnologiyalar

    S PEN YORDAMIDAGI UNUMDORLIK

    Yuqori darajadagi aniqlik
    Galaxy S22 Ultra telefonining displeyi ekranda ochiq holda Samsung Notes ilovasi bilan orqadan paydo bo‘lganda, S Pen ruchkasining pastki yarmi “Buni baholang!” deb yozish uchun ekran bo‘ylab harakatlanadi. Qaydda binoning eskizi bor. Masshtab kattalashtirilganda, S Pen dastxati eskiz ostidagi matnga aylanadi.

    S Pen perosi bilan video va suratlaringizni yuqori darajadagi aniqlikda tahrirlang va san'at asarlari yarating. Samsung Notes ilovasi yordamida S Pen perosi bilan yozilgan qaydlarni osonlik bilan matnga aylantiring, yoki video tasvirlaringizga animatsiya qo‘shib ularni mukammallashtiring. Air Actions xususiyati bilan esa S Pen perosini simsiz boshqaring. 15

    *Surat illyustratsiya uchun mo'ljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.

    BATAFSIL

    Galaxy Tab S8 Ultra

    Birgalikda ulkan marralar sari

    Galaxy Tab S8 Ultra plansheti bilan kundalik hayotingizni takomillashtiring. 16 Samsung Notes ilovasi qurilmalar orasida sinxronlangan bo‘lib, ijodingizni Galaxy S22 Ultrada boshlab, Galaxy Tab S8 Ultrada davom ettirishingiz mumkin. Galaxy qurilmalari bir ekotizimda mukammallikka erishmoqda.17

    *Surat illyustratsiya uchun mo'ljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.

    BATAFSIL
    Galaxy Tab S8 Ultra plansheti va Galaxy S22 Ultra telefonining olddan ko‘rinishi. Ikkalasining ekranida ham Samsung Notes ilovasi bor. Ikkalasida ham bino loyihasi eskizi, bu bir ekrandan boshqasiga silliq o‘tishdagi uzluksizlikni ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

    VIDEO QO‘NG‘IROQ

    Uzoqni yaqin qiluvchi video qo‘ng‘iroqlar

    Google Duo bilan Katta ekranda suhbat - bu doʻstlaringiz va yaqinlaringiz bilan muloqot qilishning yangi usuli. Qurilmalaringizdan do‘stlar bilan istalgan vaqtda, istalgan joyda ulanishingiz mumkin. Bir lahzada qadrdonlaringizga yaqinroq boʻling.18,19,20

    *Surat illyustratsiya uchun mo'ljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.

    Birga bo‘lishga nima yetsin Galaxy Buds Pro21

    Tovush tiniq chiqishi uchun

    Galaxy Buds Pro ga o‘tish
    Televizor va Galaxy S22 Ultra telefonining oldindan ko‘rinishi. Ikkala ekranda ham to‘rt kishi o‘rtasidagi Google Duo video qo‘ng‘irog‘i paydo bo‘ladi va bu qanday qilib qo‘ng‘iroqlar telefoningizdan televizorga uzatilishi mumkinligini namoyish etadi.

    XAVFSIZLIK

    Ma'lumotlaringiz ishonchli himoya ostida

    Knox xavfsizlik platformasi maʼlumotlaringizni har doim ham dastur, ham qurilma darajasida himoyalash uchun kompleks xavfsizlikni taqdim etadi. Permission Usage boshqaruv paneli yordamida ilovalaringiz qay darajada shaxsiy ma'lumotlaringizni boshqara olishini nazorat qilishingiz mumkin. Knox Vault xususiyati biometrik maʻlumotlaringiz xavfsizligini taʻminlaydi, Secure Folder esa shaxsiy maʻlumotlaringizni bloklaydi.25

    Qoplama displey ustidagi Galaxy Galaxy S22 Ultra telefoni tekis yotibdi. Butun telefoningizga xavfsizlik taqdim etilganini ko‘rsatish uchun Samsung Knox logotipi qoplama ustida joylashgan.
    Birgalikda ulkan marralar sari
    Galaxy S22+ BATAFSIL
    Galaxy Tab S8 Ultra BATAFSIL
    Galaxy Buds Pro BATAFSIL
    Galaxy Watch4 BATAFSIL

    *Galaxy S22+, Galaxy Tab S8 Ultra, Galaxy Buds Pro va Galaxy Watch4 alohida sotiladi.

    Yangi smartfonga o‘tish yanada oson

    Smart Switch ilovasi bilan eski smartfoningizdan yangisiga galereyadagi suratlaringiz, qaydlar, kontaklar va shu kabi boshqa ma'lumotlaringizni osonlik bilan ko‘chirib olishingiz mumkin. Smart Switch - eski smartfondan yangi smartfonga ma'lumotlarni ko‘chirishning qulay usuli. 26

    *Surat illyustratsiya uchun mo'ljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.

    Smart Switch ilovasiga o‘tish
    Eski Galaxy telefonining orqadan va Galaxy S22 Ultra telefonining oldindan ko‘rinishi. Telefonlar bir-biriga qaratilgan burchakdan ko‘rinmoqda va markazda Smart Switch aqlli o‘zgartirgichi tasvirchasi bor. Galaxy S22 Ultra telefoni displeyida Smart Switch aqlli o‘zgartirgichining ishga tushirish ekrani ko‘rinib turibdi.
    Galaxy Mukammalligi Talablaringizni inobatga olgan holda
    • XOTIRA

      San'at asarlaringiz saqlanishi uchun yetarli xotira

      256 Gigabaytgacha oʻrnatilgan xotira yordamida minglab yuqori aniqlikda yaratilgan fotosuratlar va video tasvirlaringizni saqlashingiz mumkin. 27

      OneDrive logotipi

      OneDrive - fayllaringizni bulut xotiraga avtomatik ravishda sinxronlashtirishga imkon beradi va fayllaringiz ishonchli himoya ostida bo‘ladi. Galereyangizni One Drive bilan sinxronlang va 6 oy davomida bulut xotiradan bahramand bo‘ling. 28 *Shartlar va qoidalar qo‘llanadi.

    • ULTRATOVUSHLI BARMOQ IZLARI SENSORI

      Smartfoningiz xavfsizligi uchun

      Displeyga o‘rnatilgan mukammal sensorlar yordamida Ultratovushli Barmoq izlari sensori bir teginishda qurilmangizni tez va osonlik bilan ochish imkonini beradi.

    • One UI

      Sizning Galaxy qurilmangiz. Sizning yo‘lingiz

      Raqamli hayotingizni o‘zingizga moslashtiring, uslubingizni o‘zingiz istagandek ifoda qiling. Barcha Galaxy qurilmalari bo‘yicha tanish bo‘lgan imkoniyatlar salohiyatini kashf eting.

    AKSESSUARLAR

    Ultra imkoniyatlarni kengaytirish

    BATAFSIL

    Galaxy Buds Pro telefonining ochiq tagligi va o‘rnatilgan quloqchinlari bor yassi surati, charm qoplamali va yuzi yerga qaragan Galaxy S22 Ultra telefoni, displeyida analogli tasviri bor Galaxy Watch4 soati, o‘ta tez ishlovchi va yuzi tepaga qaragan Wireless Charger Duo va Galaxy S22 Ultra Smart LED View Cover g‘ilofi va yoniga o‘rnatilgan S Pen bilan.

    Ko‘p so‘raladigan savollar

    • Galaxy S22 Ultra smartfonining orqa kamerasida 8K aniqlikdagi video tasvirlar yaratish imkoni bor. Undan tashqari, ushbu kamera 8K Video Snap yordamida 33 megapikselgacha aniqlikdagi suratlar olish imkonini beradi.

      KAMERAGA O‘TISH
    • Galaxy S22 Ultra - Galaxy S smartfonlari orasida S Pen perosi o‘rnatilgan birinchi smartfondir. Samsung Notes ilovasining takomillashtirilgani bois, endilikda S Pen perosi ekran bo‘ylab bundanda aniq va ravshan harakatlana oladi va pero yordamida yozilgan yozilmalarni osonlik bilan matn ko‘rinishiga o‘girish mumkin. Air Actions ilovasi yordamida smartfoningizni S Pen orqali boshqaring. Pero quvvati tugaganida esa, uni smartfondagi maxsus joyga qayta joylasangiz bas.

      S PENGA O‘TISH
    • Galaxy S22 Ultra smartfonida 3x va 10x kattalashtiradigan Optical Zoom funksiyasi, Dual Tele Zoom tizimi va takomillashtirilgan sunʻiy intellektli, 100 martagacha kattalashtiruvchi Super aniqlikka ega 100X Space Zoom funksiyasi bor.11

      SPACE ZOOMʼGA O‘TISH
    • Galaxy S22 Ultra smartfoni maroq bilan tomosha qilish uchun 6.8 dyuymlik ekran bilan jihozlangan. Smartfonning yon tomonlari esa 19.3:9 kinematografik nisbatga ega. 29

      DIZAYNGA O‘TISH
    • Galaxy S22 Ultra smartfoni 6.8 dyuymlik Vision Booster funksiyasiga ega Edge Quad HD+ Dynamic AMOLED 2X displeyi bilan jihozlangan.29 Ushbu ekran kontrast nisbati 3 000 000:1 bo‘lgan va yorqinligi 16 foizga oshirilgan bugungi kunning eng ajoyib displeydir. Ushbu displeyning yangilanish tezligi 120Hz ga teng bo'lib, u tasvirning ravonligini ta'minlab, quvvatni tejash imkonini beradi. Smartfon moslashuvchan bo‘lib, displeydagi tasvir turiga qarab uni ravonligini oshiradi yoki kamaytiradi.8

      DISPLEYGA O‘TISH
    • Galaxy S22 Ultra mobil o‘yinlar ihlosmandlari uchun ajoyib smartfon, chunki u 4 nm.lik protsessor, quvvati ko‘pga yetadigan akkumulyator va katta xotira sig‘imiga ega.

      UNUMDORLIGIGA O‘TISH
    • Galaxy S22 Ultra smartfonining Pro tasnifidagi kamerasi sunʻiy intellektning bir qator yaxshilanishlari bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ular tunda ham tasvirga olish imkonini beradi. Yangiliklar qatoriga katta piksel sensori, o‘ta tiniq oyna va obyektiv, Detail Enhancer funksiyasi, kadrlarning avtomatik chastotasi, Super Night Solution va Adaptive Pixel kiradi.

      GALAXY PROFESSIONAL KAMERASIGA O‘TISH

    Galaxy S22 Ultra smartfoni bilan Virtual Reallikda tanishing

    VR da ko‘rish

    AR ko‘rinishga kirish uchun telefoningiz bilan QR kodni skanerlang.
    Galaxy S22 Ultra telefonining rang-barang grafikali fon rasmi bilan oldindan ko‘rinishi, fon rasmi ekrandan tashqariga chiqib, fonga ham o‘tadi.

    NIMA UCHUN AYNAN GALAXY

    Hayotingizni Galaxy bilan yorqinroq qiling

    Biz telefonimizning barcha hayot bosqichlari haqida qayg‘uramiz. Mahsulotlarimiz boshqa mahsulotlardan nafaqat hayotingizni, qolaversa, butun dunyoni o‘zgartirish uchun ishlab chiqarilayotgani bilan farq qiladi.

    BATAFSIL