Brend

Galaxy Buds Pro qanday ishlangan
Raqamli imkoniyatlarni inobatga olgan holda

Galaxy Buds Pro jihozidagi audio imkoniyatlar sharofati bilan texnologik hayot kechirish yanada osonlashdi.

Agar qulogʻingiz ogʻir boʻlsa, odatiy va zamonaviy turmush qiyin ekanligini sizga yaxshi maʼlum. Yaxshiyamki, quloqliklar texnologiyasi oldinga katta qadam qoʻydi va bu turmushni ancha yengillashtirdi. Galaxy Buds Pro imkoniyatlari, sevimli navolaringiz va podkastlaringizni tinglayotganingizda dunyoning ishlaridan chalgʻita olishi bilan cheklanib qolmagan. Toʻgʻri sozlamalar yordamida siz tashqi dunyoni yaxshiroq eshitishingiz, tovush balandligini har bir quloq va chastota boʻyicha sozlashingiz hamda eshitishdagi nuqsonlarni boshqarish uchun koʻproq ish qilishingiz mumkin.

Oʻzingizning balansingizni toping

Eshitish qobiliyati qisman va toʻliq darajada yoʻqolishi, maʼlum chastotalarga yopilgan boʻlishi va hattoki, quloqdan quloqqa qarab farqlanishi mumkin. Galaxy Buds Pro eshitish apparati oʻrnini bosmasa ham eshitishdagi nuqsonlarni yengillashtirishga oʻzining hissasini qoʻsha oladi, ammo bu aynan faqat sizda roʻyobga chiqadi.

Adapt Sound sizning eshitish qobiliyatingizni tekshirib, oʻzingizga xos talabingizga qarab, chap va oʻng quloqliklarni mustaqil sozlaydi. U umumiy tovush balandligini oʻzgartira oladi va hattoki, maʼlum chastotalarga eʼtibor berib, zaruratga qarab ularni koʻtaradi yoki pasaytiradi. Shu orqali jihoz ikkala tarafdan sizga kerakli tovush darajasi taʼminlanishini kafolatlaydi.

Tashqi dunyoni ichingizga kiriting

Galaxy Buds Proning faol shovqinni bekor qilish tugmasi yordamida atrofdagi tovushlarni yoʻq qilishdan tashqari oʻzingiz buyurgan tovushlarni kuchaytira olasiz. Ambient Sound mikrofonlari atrofdagi tovushni tuta olishi tufayli siz uni oʻzingizga moslab kuchaytirishingiz yoki pasaytirishingiz mumkin. Odam ovozi yoki eshik qoʻngʻirogʻi kabi maʼlum bir tovushlarni kuchaytirish yoki pasaytirish uchun sozlamalarini yuqori aniqlikda boshqara ham olasiz. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra²ning Galaxy Buds Pro jihozidagi Ambient Sound funksiyasi, eshitish qobiliyatidagi nuqson yengil yoki oʻrtacha boʻlgan odamlarga aytilayotgan gaplarni yaxshi tushunishga va shu orqali muloqotni yaxshilashga yordam beradi.

Uzoqqa yetadigan batareyalar yordamida oʻz hayotingiz bilan yashang

Quloqchinlarning quvvati kinotomosha yoki audiokitob oʻrtasida tugaydigan boʻlsa, uning raqamli qulayligi ahamiyati yoʻqqa chiqadi. Muloqotda va atrof-muhit bilan munosabatda esa batareyalarning dolzarbligi yanada ortadi. Shu sababdan ham Galaxy Buds Pro quloqchinlarning xizmat koʻrsatish muddati quvvatlanishsiz 5 soatga, gʻilof bilan esa 13 soatga moʻljallangan.

Transkripsiya xizmatingizga shay

Narigi tarafdagi suhbatdoshingizni eshitmayapsizmi? “Diktofon” ilovasini oching va ovozli eslatmalarni nutqni matnga aylantirishda ishlating.

Bir teginish bilan tovushni boshqaring

Galaxy Buds Pro qulogʻingizda ekanligida telefonni chiqarmasdan atrofingizdagi muhitdagi kutilmagan oʻzgarishlarga javob qaytarish osonlashdi. Sensorli boshqaruv yordamida siz musiqa yoki podkastni toʻxtatishingiz yoki oʻtkazib yuborishingiz, qoʻngʻiroqlarni qabul qilishingiz va tugatishingiz hamda sizga kerak boʻlgan mahalda Ambient Sound funksiyasini yoqish uchun sensorli boshqaruvni sozlashingiz mumkin.³

A woman in a hooded sweatshirt and jacket closes her eyes and enjoys the music playing on her Galaxy Buds Pro. A woman in a hooded sweatshirt and jacket closes her eyes and enjoys the music playing on her Galaxy Buds Pro.

Yordam kerak boʻlsa, Bixbyni chaqiring

Audio imkoniyat ikki usulda ishlay oladi: birinchisi qulogʻi ogʻirlar uchun ovozni yanada qulayroq qilish boʻlsa, ikkinchisi umumiy imkoniyatlarni oshirish uchun audiotexnologiyalardan foydalanishdir. Shunchaki, “Hi Bixby” deb siz faol shovqinni bekor qilishni yoqishingiz, Galaxy Buds Prodagi tachpadni qulfdan chiqarishingiz yoki batareya quvvati darajasini bilishingiz mumkin.⁴

  • ¹Adapt sound funksiyasi Galaxy S, Galaxy Note, Galaxy Z seriyalarida mavjud.
  • ²https://news.samsung.com/global/galaxy-buds-pro-effective-for-people-with-hearing-loss-study-reveals
  • ³Ambient Noise Cancelling va Ambient Sound funksiyalaridan foydalanish uchun mos jihoz bilan Bluetooth ulanishi talab qilinadi. Ambient Noise Levels kabi batafsil sozlamalar operativ xotirasi 1,5 Gb dan koʻp boʻlgan, Android 7.0 va undan yuqori talqin boshqaruvidagi Android qurilmalarida mavjud. Android tizimi orqali Galaxy Wearable uchun mavjud boʻlgan keng sozlamalar Google Play Marketda mavjud.
  • ⁴Bixby xususiyatlari va kontent-provayderlarining mavjudligi mamlakatga yoki tilga qarab farq qilishi mumkin; Bixby faqatgina ingliz tilining Buyuk Britaniya, AQSh variantlari, fransuz (Fransiya), nemis (Germaniya), italyan (Italiya), koreys (Janubiy Koreya), Mandarin xitoy (Xitoy), ispan (Ispaniya) portugal (Braziliya) kabi tillar va ularning lahjalarini taniydi. Galaxy Buds Pro jihozida Bixby xususiyatlari toʻliq ishlashi uchun maʼlumotlar tarmogʻi yoki Wi-Fi tarmogʻiga ulanish imkoniga ega boʻlgan Samsung Galaxy qurilmasiga ulangan boʻlishi lozim. Samsung hisob qaydnomasiga kirish ham talab qilinadi.

Hayotingizga yarashadiganini tanlang

Samsung imkoniyatlari biz ishlab chiqayotgan narsalarning eng asosiysidir. Galaxy Buds Pro va Galaxy S21 5G smartfonini oling va atrofingizdagi olamni oʻzingizga moslab sozlang.

Endi bu hikoyalarni oʻqing