Shisha-keramik qoplamaga ega, o'rnatiladigan Induksion paneli, NZ3000H, Qora
Intuitiv harorat nazorati
Samsung induksiyali pishirish yuzasining keng koʻlamdagi harorat boshqaruvi taom tayyorlash haroratini tez va aniq boshqarish imkoniyatini beradi. Har bir ishlatiladigan qisming haroratini bir harakat bilan boshqarish uchun oddiygina barmog‘ingizni yorug‘lik diodli boshqaruv paneli bo‘ylab yurgizing. Quvvat regulyatorining kengligi tufayli ish haroratini aniqroq tanlashingiz mumkin.
Bitta tegib oʻchirish
Samsung induksiyali paneli kuyish xavfini kamaytiradigan bir tegish bilan oʻchirish funksiyasi (Quick Stop) bilan jihozlangan. Barmoq teginishi bilan siz ovqatni qaynatib yoki kuyib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun darhol isitish zonasini oʻchirib qoʻyishingiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu xususiyat tufayli hamma narsa tartibda ekanligi haqida tashvishlanmasdan oshxonani tark etishingiz mumkin.
Pishirish jarayonini tezlashtirish
Samsung NZ3000 Cooktop induksiyali pechda pishirish vaqtini qisqartiradigan Power Boost (quvvatni kuchaytirish) xususiyati mavjud, shuning uchun siz vaqtni tejashingiz va ovqatni suzish jarayonini tezlashtirishingiz mumkin. Yoqilganda, pishirish zonalarining har biriga qoʻshimcha quvvat beriladi, bu esa talab qilinadigan isitish darajasiga 10 daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqt ichida erishishga imkon beradi. Siz kam vaqt sarflab suvni qaynatishingiz mumkin yoki misli koʻrilmagan tarzda katta kastryulgdagi shoʻrvani bir zumda isitishingiz mumkin.
Har doim mos idishlar
Samsung induksiyali pishirish yuzasi avtomatik detektor bilan jihozlangan, buning yordamida har bir ishlatiladigan qismi uchun mos oʻlchamdagi idishlarni osongina tanlashingiz mumkin. Pishirish zonasiga kastryul yoki tova joylashtirilsa, detektor darhol idishlarning diametri ushbu ish maydoni hajmiga mos kelish kelmasligini aniqlaydi. Agar idishlar ishlatiladigan qismning 60%dan kamrogʻini egallasa, displeyda idishning boshqa hajmini tanlash boʻyicha koʻrsatma boʻladi.
Bollalar uchun xavfsiz
“Boshqarishni bloklash” funksiyasi agar pishirish yuzasi kutilmaganda yoqilib bola to‘satdan uning yuzasiga tegsa, unga shikast yetkazishga yo‘l qoʻymaydi. Boshqaruv tugmachasini bir marta bosish bilan u butunlay blokirovkalandi va pishirish yuzasini tasodifiy tegib yoqish mumkin emas ya’ni kuyish xavfi mustasno.
Avtomatik o‘chirish
Agar siz uzoq vaqt davomida yoqilgan pishirish yuzasining parametrlarini o‘zgartirmasangiz, u avtomatik tarzda o‘chadi. Shuning uchun, agar oila a’zolaringiz yoki do’stlaringiz bilan suhbatdan zavqlanayotgan paytingizda ham, oshxonadagi yongʻin chiqishi mumkin deb tashvishlanmasangiz ham boʻladi.
Texnik xususiyatlari
-
Iste’mol quvvati (elektr energiyasi) 7.2 kVt
-
Konforkalar soni 4 dona
-
Korpusning o'lchamlari (E x B x Ch) 590x520x57 mm
-
Og‘irlik 10.5 kg
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
-
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
- Versiya 1.0
- 9.97 MB
- 03.11.2014
QOZOQ, Rus, UKRAIN, O'ZBEKISTON
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang