Smartthings
SmartThings bilan Aqlli hayot
O'zaro bog'langan dunyoingizda sokinlik o'rnating. Smart qurilmalaringizni ulang hamda foydalanishda qulay bo'lgan yagona ilova yordamida o'z uyingizni boshqaring. SmartThings bilan vaqtingizni kundalik yumushlar o'rniga o'zingiz uchun eng muhim vazifalarga bag'ishlashingiz mumkin. Endilikda Matter hamda boshqa ko'plab qurilmalar uchun mos keladi.
SmartThings ilovasini yuklab oling.
Hayot soddalashtirildi. Uyni shaxsiylashtirish.
Sizning ehtiyojlaringiz bilan oqilona turmush tarzi uchun uy jihozlarini sozlashni optimallashtirish. Kundalik hayotni osonlashtiradigan innovatsion Qurilmalar, mos keluvchi SmartThings tufayli uyingiz ustidan ko'proq nazoratdan bahramand bo'ling.
Xavotirlardan bir oz dam oling
Butun uy bir qarashda
Joyingizdan turmasdan xonadoningiz sozlamalarini boshqaring. Qurilmalaringizni tekshirish hamda boshqa ishlaringiz uchun SmartThings dan foydalaning
Sizning uyingiz sizning qo'lingizda
SmartThings sizning uyingiz uchun kuchli masofadan boshqarish pulti. Bitta dastur hayot tarzingizni qanday qilib tubdan yaxshilashi mumkinligini bilib oling.
Sizning jadvalingiz bo'yicha ishlaydigan uy
Endi sizning uyingiz zich jadvalingizga mos kelishi mumkin. SmartThings sizning uyingizni sozlashda yordam beradi, shunda ertalab osonroq va kechalar yaxshi bo'ladi.
SmartThings va Matter. Har doimgidan-da osonroq.
SmartThings 280 dan ortiq kompaniyalar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan sanoat uchun inqilobiy ulanish standarti bo'lgan Matter bilan ishlaydi, shuning uchun siz uyingizda qaysi qurilma bo'lishini o'zingiz hal qilasiz. Matter belgisini izlang.
Uydagi barcha qurilmalarni bir biri bilan ulang.
SmartThings ilovasida "Works with SmartThings" yozuvi mavjud har qanday yangi qurilmani qo'shish imkoniyati mavjud.
Samsung Galaxy bilan tajribangizni yanada boyiting
Kundalik vazifalaringizni SmartThings bilan a'lo darajada bajaring. SmartThings endi Galaxy qurilmalarida o'rnatilgan turli xil ilovalarga biriktirilgan bo'lib, kundalik hayotingizni yanada oson, qulay va yoqimli qiladi.
Qo'ng'iroqlarni qabul qilish uchun televizor tovushini to'g'ridan-to'g'ri Galaxy qurilmangizdan o'chiring 5
Endi masofadan boshqarish pultini izlashingiz shart emas 5
Kechalaringiz yanada qulayroq bo'lishi uchun SmartThings qurilmalaringizdan o'z rejimingizda foydalaning 6,7
Smart View imkoniyatlari bilan o'z Galaxy qurilmangizni Samsung televizorlarida namoyish qiling 5
O'z dasturlaringizni optimal sharoitlarida tomosha qiling 5
Taqvimingizni muhim voqealar va eslatmalar bilan o'zingizga moslab oling5
Xonadoningizdagi qurilmalardan xabarlar olib turing 5
O'z musiqangizga to'liq sho'ng'ing
SmartThings Music Sync yordamida Philips Hue chiroq ranglari va yorqinligi sizning musiqangizga mos ravishda o'zgaradi, shuning uchun siz musiqangizni eshitib, ko'rib va qalban his etib bahramand bo'lishingiz mumkin.8
Uyingizni, mashinangizdan turib boshqaring
Android Auto da SmartThings xonadoningizni tartibga keltiradi. SmartThings qurilmalaringizni avtomobil displeyidan boshqarish imkonini beradi va sizga smartfoningizga chalg'imasdan yo'lni kuzatishingizni ta'minlaydi. Deyarli uyga keldingizmi? Mashinangizda "Uyga Xush kelibsiz" belgisini bosib termostatni yoqing, havo tozalagichni ishga tushiring va garajingiz eshigini oching.13
Hayot biroz osonroq
ovozli yordamchi bilan - yoki ikkita yordamchi bilan
Ovoz yordamida televizorni yoqing hamda changyutgichni ishga tushiring. Sevimli ovozli yordamchingiz yordamida uyingizni boshqarishingiz yoki bir vaqtning o'zida barchasini nazorat qilishingiz mumkin.14
SmartThings bilan boshlaylik
Bog'langan hayot faqat bitta tugma. SmartThings ilovasida "Qanday foydalanish" menyusini bosing.
- Tasvir namoyish maqsadlarida modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi tasvirdan farq qilishi mumkin.
- Har bir qurilma Wi-Fi yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulangan bo'lishi kerak.
- SmartThings bilan aloqani ta'minlash uchun barcha qurilmalar bitta Samsung hisobi yordamida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.
- Mavjud texnologiyalar, xususiyatlar, imkoniyatlar va xizmatlar mamlakat, xizmat ko'rsatuvchi provayder, tarmoq muhiti yoki mahsulotga qarab farq qilishi mumkin va oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
- Iltimos, mahsulot yoki mahsulot qadog'ida "SmartThings bilan ishlaydi" belgisini tekshiring.
- "Bixby" ma'lum til va sheva / lahjalar doirasida cheklangan.
- SmartThings imkoniyatlaridan foydalanish uchun mos qurilmalarni alohida sotib olish kerak.
- Matter qurilmalarini SmartThings ilovasiga ulash uchun Matter ga mos xab talab etiladi.
- Matter xabining ish faoliyati oldindan o'rnatilgan dasturiy ta'minot yangilanishi orqali qo'llab-quvvatlanadi. Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar: Xab (IM6001-V3P**, STH-ETH-200, STH-ETH-250), Samsung televizori (QN900B/QN800B/QN700B/QN95B/S95B/QN90B/QN85B/Q80B/Q70B/Q60B/BU8/The Serif/The Frame/2022 yilda ishlab chiqarilgan The Sero) smart monitor (2022 yilda ishlab chiqarilgan M50B yoki yangi versiyalar), Family Hub (AQSH va Koreyada 2017-yildan boshlab sotilgan versiyalar, RH9000 Koreya Respublikasida amal qilmaydi). Turli vaqtlarda yangilanish talab etilishi mumkin.
- Matter qo'llab quvvatlaydigan yuqoridagi barcha xablar Wi-Fi radio orqali ishlaydigan Matter qurilmalarini qo'llab-quvvatlaydi.
- Thread radio yordamida ishlaydigan Matter qurilmalarini Samsung televizori, Family Hub yoki smart monitorga ulash uchun SmartThings kaliti yoki Thread border routeri talab etiladi. STH-ETH-200 yoki STH-ETH-250 xablari uchun Thread border routeri talab etiladi.
- Yuqorida qayd etilgan funksiyalar One UI 3.1 yoki yangi versiyadagi mobil qurilmalarda, SmartThings ilovasi o'rnatilganda amal qiladi.
- Yuqorida qayd etilgan funksiyalar One UI 3.1 yoki yangi versiyadagi mobil qurilmalarda, SmartThings ilovasi o'rnatilganda amal qiladi. One UI 3.1 yoki undan yangi, ammo One UI 5.0 dan past versiyadagi mobil qurilmalar Soat ilovasi orqali ushbu funksiyadan foydalanishlari mumkin. Rejimlar foydalanuvchi tomonidan oldindan o'rnatilgan bo'lishi kerak.
- Galaxy Watch 4 va undan yangi versiyalarda amal qiladi
- Faqat Galaxy qurilmalarida amal qiladi. Ushbu funksiya amal qilishi uchun Philips Hue White va rangbarang muhitli chiroqlar hamda Hue Bridge talab etiladi.
- Galaxy SmartTag qarshiliklarsiz 120 metrli Bluetooth amal qilish radiusiga ega. Haqiqiy ish ko'rsatkichlari foydalanish sharoitidan kelib chiqqan holda o'zgarishi mumkin.
- Hozirda Android 8.0 dan yangi versiyadagi Galaxy smartfonlari va planshetlari, Wear OS oki Tizen OS 5.5 va undan yuqori versiyadagi smart soatlar, Galaxy Buds+ va yangi versiyalar, S Pen Pro hamda ayrim Galaxy Book modellari uchun amal qiladi. Qolgan versiyalar uchun qo'llab-quvvatlash talab etiladi.
- SmartThings Find yordamida Galaxy Watch yoki Buds qurilmalarini topish uchun eng so'nggi Galaxy wearable ilovasi o'rnatilishi talab etiladi.
- Galaxy SmartTag kabi qurilmalaringizning joylashuvi sizning SmartThings ilovangizdagi foydalanuvchilarga faqat sizning ruxsatingiz bilan uzatilishi mumkin.
- SmartThings ilovasidan Android Auto da foydalanish uchun o'z mobil qurilmangizni avtomobilga simsiz tarmoq yoki USB kabel yordamida ulang. Avtomobilingizning qo'llab-quvvatlashini tekshirish uchun Google Android Auto veb sahifasiga kiring.
- Googe – bu Google MChJ savdo belgisi hisoblanadi.